Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

G'uzor tuman adliya bo'limi YXKM tomonidan SEMINAR tarzdagi navbatdagi targ'ibot va tashviqot tadbiri o'tkazildi.


Joriy yilning 27 sentabr kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi YXKM tomonidan tuman markazida joylashgan 1-son umumta'lim maktabining faollar zalida yuridik xizmat ko'rsatiladigan tashkilotlar tomonidan kelib tushayotgan hujjat loyihalarini har tomonlama puxta tayyorlanishini taʼminlash va markazlar tomonidan rad qilinishini oldini olish maqsadida tashkilotlarda hujjat bilan ishlaydigan masʼul xodimlar ishtirokida oʻquv seminari o'tkazildi. Shuningdek, o'tkazilgan ushbu seminarda xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va mahhalla raislari ham ishtirok etishdi.


Xususan, SEMINAR ishtirokchilariga hujjat loyihalarini har tomonlama puxta tayyorlanishini taʼminlash va markazlar tomonidan rad qilinishini oldini olinishi tushuntirish berish barobarida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, “Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi”ning mazmun mohiyati hamda 2023 yil 18-22 sentabr kunlari qabul qilingan qonunchilikka kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar, soxaga oid yangi qabul qilingan normativ hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Ushbu o'tkazilgan SEMINAR ishtirokchilarning o'zlarini qiziqtirgan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan berilgan savollariga yuridik markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.