Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Ochiq eshiklar kuni


Oila-jamiyatning asosiy boshlang'ich bo'g'ini, go'zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an'analarlarni o'zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o'ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan.

Bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida "Mustahkam oila – jamiyat tayanchi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda Qarshi shahar "Gungon" MFY namunali oilalardan biri, mehnat faxriylari A.Uralov va N.Uralova, Qarshi shahar FHDYO bo'limi mudirasi M.Shukurova, FHDYO xodimasi L.Bozorova hamda texnikum o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.

So'zga chiqqanlar nikoh va oila qurishga tayyorlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, yoshlarni oilalardagi ziddiyatlarni hal etish va ularning oldini olishga tayyorlash omillari to'g'risida o‘rtoqlashdilar.

Tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad, oiladagi qadriyat va an'analarni ulug'lash, ma'naviy-ma'rifiy ildizlarni mustahkamlash, farzandlarimiz tarbiyasi, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.