Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

VAZIR O'RINBOSARI MAHALLA "BESHLIGI" BILAN UCHRASHDI.


Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Nishon tumanidagi xizmat safari davomida "Baynalminal" mahallasiga tashrif  buyurib, mahalla raisi,  hokim yordamchisi,  xotin-qizlar faoli,  yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla  "beshligi" bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga etkazilishi holati, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha takliflar eshitildi.

Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid online-mahalla.uz elektron platformani takomillashtirish bo'yicha fikr- mulohazalar almashildi.

Advice.uz huquqiy axborot portali imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qonunchilik xujjatlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha lex.uz hamda "huquqiy axborot" kanallariga ulanishi yuzasidan tavsiyalar berildi.