Янгиликлар
21
Qashqadaryo viloyatining Nishon va Kasbi tumanlari adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi
Qashqadaryo viloyatining Nishon va Kasbi tumanlari adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining Nishon va Kasbi tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi.
O'rganishlar davomida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.
Ishchi guruh tumanlarning Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati