Янгиликлар
20
sayyor qabullar
Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida aholi bilan muloqotni yaqindan yoʻlga qoʻyish maqsadida G’uzor tumani “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Aholining aksariyat murojaatlari joyida hal etilgan boʻlsa, oʻrganish talab etiladigan 10 tadan ortiq murojaat ish yurituvga qabul qilindi. 10 nafar fuqarolarning moddiy yordam olish, aliment undirish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlariga joyda huquqiy tushuntirish (maslahatlar) berildi.
Shuningdek, qabul davomida ishtirokchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, jinoyatchilikni oldini olish bilan bogʻliq tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan tumandagi huquqbuzarlik, jinoyatchilik va og‘ir toifaga kiritilgan hududlar soni bo‘yicha "Qizil" toifaga kiritilgan MFY yoshlar yetkchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.