Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI”


“IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI”


Joriy yilning 20 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida Adliya vazirligi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va viloyat adliya boshqarmasi bilan birgalikda “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda viloyat davlat organlari va tashkilotlarining 100 dan ortiq xodimlari, shuningdek tuman (shahar) tashkilotlaridan 150 dan ortiq ishtirokchilar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-son Farmoni bilan mamlakatimizda ijro intizomini mustahkamlash va qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishning yagona va uzluksiz tizimi yaratilgan.

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiev va boshqa mas’ullar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni xodimlarga etkazish va hududlarda ijrosini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik nazoratini yo'lga qo'yish bo'yicha muhim vazifalarga alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ–162-son qarorining mazmun-mohiyati, ijro intizomini tashkil etishda “edo.ijro.uz” elektron tizimining oʻrni va ahamiyati” haqida tushuntirish berildi.

Tadbir davomida soha vakillari o`zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar hamda ijro intizomini yanada oshirish, hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini to`liq raqamlashtirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.


                                   Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati