Янгиликлар
19
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Qashqadaryo viloyatiga bo'lgan xizmat safari davomida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bo'ldi.
Uchrashuvda Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumning o'qituvchi-xodimlari ishtirok etdilar.
Sh.Rabiyev uchrashuv davomida ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish, milliy va jahon tajribalari asosida yuridik ta'limni rivojlantirish istiqbollarini belgilash, uni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'qitishning ilg‘or uslublaridan foydalangan holda o'quv tizimini takomillashtirish masalalari borasida alohida to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, uchrashuvda pedagog-xodimlar bilan samimiy suhbatlashib, sohani tubdan takomillashtirish, texnikumning raqobatbardoshligini ta’minlash bo'yicha taklif, tavsiyalar hamda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha aniq topshiriqlar berdi.