Янгиликлар
19
G‘uzorda sud raislari mahallalarda jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida jinoyat sodir etgan shaxslar bo‘yicha uning yashash joyidagi mahallada jinoyatlarni sabablari va ularni sodir etilishiga imkon bergan sharoitlar yuzasidan aholi o‘rtasida muhokamalar o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudining raisi L.Rasulova, G‘uzor tumanlararo Iqtisodiy sudi raisi A.Arziyev va tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i M.Salimovlar “Navro‘z”, "Buyuk karvon yo‘li" va "Xo‘jaguzar" mahallalarida jinoyatchilikni oldini olish va kelib chiqish sabablari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishdi.
Tadbirda mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etib, masala yuzasidan savollariga huquqiy javob olishdi.