Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

VAZIR O'RINBOSARI TIZIM XODIMLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI


Vazir o'rinbosari kunning ikkinchi yarmida Qarshi shahri adliya bo'limi bilan yaqindan tanishdi.

Sh.Rabiyev adliya organlari aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi beshlik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi kerkligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek yuridik xizmat ko’rsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.

"E- huquqshunos" bilan ishlashdagi afzalliklar, yuridik xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhokama etildi.

Shu kuni Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Vazir o'rinbosari Sh.Rabiyev markaz xodimlari bilan samimiy muloqot qildi.