Янгиликлар
18
Adliya xabari
Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev, "G'ofur G'ulom" mahallasiga tashrif buyurib, mahallada faoliyat yuritayotgan MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan uchrashdi.
"Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar hamda mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari mazmun -mohiyati tushuntirildi.
Shu bilan birga ADVICE.uz huquqiy portalining imkoniyatlari tanishtirildi, onlaynmahalla.uz platformasi bo'yicha mavjud muammolar yuzasidan atroflicha tushunchalar berib o'tildi.