Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida adliya boshqarmasi tomonidan targ'ibot ishlari olib borilmoqda 


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘. Ostonov, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Isoqovlar Koson tumaniga tashrif buyurib, qizil toifaga kiritilgan tumanning "Po'lati" shaharchasi "Istiqlol" hamda "Beshqo'ton" mahallasi aholisi bilan uchrashib, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazishdi.

Tadbirda tuman IIB, MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi", mahalla faollari va 50 dan ziyod aholisi hamda mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

"Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, bu borada beshlik va mahalla faollarining mas’uliyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumot va ko‘rsatmalar berilib, qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi.

Shuningdek, tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 57 nafar fuqarolar Mobil.ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazildi va va tibbiyot xodimlariga malaka toifasiga ariza berish uchun 53 ta elektron raqamli imzo kalitlari olib berildi. FHDY bo'limi tomonidan 6 nafar fuqarolarga muddati o'tib qayd etilgan tug'ilganlik guvohnomalari topshirilib, ularni qiziqtirgan savol javoblar bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.