Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kasbi tumanidagi  jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan mahallalardagi holatlar oʻrganildi


Joriy yilning 14 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘. Ostonov, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Isoqovlar Kasbi tumaniga tashrif buyurib, qizil toifaga kiritilgan tumanning "Qamashi" va "Mushqoqi" mahalla aholisi bilan uchrashib, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.


Tadbirda tuman IIB, yuqoridagi MFY raislari, hokim yordamchilari, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlaridan iborat "beshligi", mahalla faollari va 70 dan ziyod aholisi hamda mahalla yoshlari ishtirok etishdi.


"Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, bu borada beshlik va mahalla faollarining mas’uliyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumot va ko‘rsatmalar berilib, qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi.


Suhbatlar davomida jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik nazoratining oʻrni va huquqiy targʻibot tadbirlariga alohida urgʻu berildi.


Shu kuni 15 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko`rsatilib, 5 nafar FHDY harakatlari amalga oshirildi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati