Янгиликлар
12
KECHIKKAN HUJJATLAR O'Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
KECHIKKAN HUJJATLAR O'Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
Shahrisabz Muruvvat ayollar internat uyida salkam 30 yildan buyon yashab kelayotgan 10 nafar ayolning na tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va na shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan. Ayollarning shu kunga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan bo‘lsa-da ijobiy natija bo‘lmagan.
Aniqlanishicha, imkoniyati cheklangan ushbu shaxslar tibbiy varaqa orqali Muruvvat uyiga qabul qilingan. Shahrisabz tuman FHDY bo'limi ushbu ayollarning tug‘ilganlik faktini belgilash uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat berish masalasini ko‘rib chiqishdi . Shundan so‘ng nogironligi sabab ularning layoqatsizligi hisobga olinib, ombudsman tomonidan fuqarolikni belgilashni so‘rab fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Sud tomonidan 5 nafar fuqarolarnibg arizasi to‘liq qanoatlantirildi. Barcha tegishli hujjatlar asosida fuqarolarga tug'ilganlik guvohnomalari o'z egalariga topshirildi.