Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MUNOSIBLAR E'TIROF  ETILDI


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan yurtimiz notariuslarini qo‘llab-quvvatlashda samari ishlar amalga oshirilmoqda.

Shular jumlasidan, joriy yildan boshlab notariat tizimida fidokorona mehnat qilib vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oldida hurmat qozongan, sohani rivojlanishda va notarius kasbining nufuzini yanada oshirishda o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan notariuslarni taqdirlash maqsadida “Notariat sohasiga qoshgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida xalqimizga huquqiy xizmat ko‘rsatish borasida fidokorona mehnat qilgan hamda davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh Qashqadaryolik notariuslar O‘zbekiston Notarial palatasining “Notariat sohasiga qoshgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni hamda Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.