Янгиликлар
Sayyor xizmatlar
Koson tuman adliya boʻlimi (DXM, YXKM hamda FHDY) xodimlari tomonidan joriy yilning 25-avgust kuni "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" shiori ostidagi huquqiy aksiyasi doirasida tumandagi "Lolazor" mahallasida sayyor qabul tashkil qilindi hamda bayram arafasida mazkur MFYdagi 2 nafar chin yetimlar xolidan xabar olindi.
Sayyor qabul davomida qabulda ishtirok etgan fuqarolarga My.gov.uz hamda Mobil-ID afzalliklari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Shu jumladan: Mahalla xodimlari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida ular faoliyati yoʻnalishi boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi!