Янгиликлар
25
G'uzor tuman adliya bo'limi, YXKM,DXM,FHDYo xodimlari tomonidan manzilli sayyor davra suhbatli uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 24 avgust kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi, YXKM, FHDYO, DXM hamda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi ishtirokida G‘uzor tuman “Buyuk Karvon Yo'li'” MFY fuqarolari o'rtasida sayyor davra suhbatli uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.
Xususan, manzilli davra suhbati ishtirokchilariga "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, “Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi”ning mazmun mohiyati hamda qonunchilikka kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar, soxaga oid yangi qabul qilingan normativ hujjatlari yuzasidan ma'lumotlar va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning asosiy huquqlariga oid normalrini oddiy va xalqchil tilda tushuntirish barobarida ularga DXM xodimlari tomonidan amaliy ko'rgazmali ko'rinishda My.gov.uz hamda Mobil-Id afzaliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Tadbir so'ngida fuqarolarni o'zlarini qiziqtirgan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan berilgan savollariga yuridik markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Report content on this page