Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillariga soha faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan seminar tashkil qilindi.


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillariga soha faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan seminar tashkil qilindi.

✅Joriy yilning 25-avgust kuni Qarshi shahri Paxtazor mittitumani 25a-uyda joylashgan “Do‘stlik uyi” da Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillariga soha faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan seminar tashkil qilindi.

✅ Seminarda viloyat adliya boshqarmasi mas‘ul xodimi ishtirok etib “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅Seminar bahs-munozaralar ruhida tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga belgilangan tartibda javoblar berildi.