Янгиликлар
23
Yuridik texnikumlarda o'qish uchun Sizda yana imkoniyat bor
Respublika OTMlarning "yurisprudensiya" yo'nalishida kirish test sinovlaridan yetarli ball to'play olmagan abituriyentlar Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarisiz, to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tamomlagan, o'zlashtirish ko'rsatkichi 56 va undan yuqori foizlik natijaga ega bitiruvchilar;
joriy yilda o'qishga kirish uchun respublika OTMning "yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishi bo'yicha test sinovlarida ishtirok etib, o'qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlarida o'tish balini to'plagan abituriyentlar;
chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar.
Ushbu toifadagi abituriyentlar to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!