Янгиликлар
Normativ huquqiy hujjatlar yuzasidan seminar tashkil etildi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillariga soha faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 18-avgust kuni Qarshi shahri Paxtazor mittitumani 25a-uyda joylashgan “Do`stlik uyi” da Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar vakillariga soha faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan seminar tashkil qilindi. Seminarda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etib “Nodavlat notijorat tashkilotlar to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminar bahs-munozaralar ruhida tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga belgilangan tartibda javoblar berildi.