Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan


Joriy yilning 7-8- avgust kunlari Ko'kdala, Dehqonobod , G'uzor tumanlarida Adliya vazirligi tomonidan butun Respublikamiz bo‘ylab avgust-sentabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiya doirasida sayyor qabullar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi muammolarini manzilli tartibda o‘rganish, murojaatlar soni keskin oshib ketayotgan yo‘nalishlar, shuningdek, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlardan eng oddiy himoyalanish usullari va ularni sodir qilishning huquqiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirishlar berishdir.

Sayyor uchrashuvlar davomida 70 ga yaqin fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi, 80 dan ortiq turli mazmundagi savollarga shu joyning o‘zida huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi hamda o‘rganish muddat talab etiladigan 30 ga yaqin murojaatlar bo‘lim ish yurituviga olindi.