Янгиликлар
Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan
Koson tuman adliya boʻlimi, DXM, FHDYO, YUXKM xodimlari tomonidan "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" shiori ostidagi huquqiy aksiyasi davomida Koson tumanidagi "Jizzalik" MFYda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi ishtirokida sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Ushbu sayyor qabul davomida turli masalalar oʻrtaga tashlanib 9 nafar fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi, 1 nafar fuqaroning murojaati tuman adliya bo'limi tomondan ish yurituviga olindi.
Shuningdek FHDY tomonidan 2 nafar fuqarolarga tug`ilganlik guvohnomalari berildi.