Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

RIVOJLANISH SARI QADAMLAR


Joriy yilning 12-avgust kuni Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan  tuman (shahar) adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazlari rahbarlari va xodimlari oʻrtasida master-klass tashkil etildi.

  Viloyatning Qarshi shahri, Koson va Shahrisabz tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazlarida eksperiment tariqasida jismoniy va yuridik shaxslarga muhr va shtamp yasash davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun tegishli jihozlar bilan taʼminlangan edi.

Olib borilgan tahlillar shuni koʻrsatdiki, joriy yilning 2-choragi davomida, jismoniy va yuridik shaxslarga Qarshi shahrida 190 ta, Koson tumanida 316 ta va Shahrisabz tumanida esa 102 ta muhr va shtamplar yasash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishiga erishildi.

Bu esa oʻz navbatida tadbirkorlik subyektlarining Davlat xizmatlari markazlarining oʻzida bir nechta davlat xizmatlaridan foydalanishlariga qulaylik yaratmoqda.