Янгиликлар
15
15 YILLIK MUAMMO O'Z YECHIMINI TOPDI
Koson tumani "Maydayobu" mahallasida istiqomat qiluvchi opa -singillar , 2008 yilda tug‘ilgan D.Narzullayeva , 2010 yilda tug'ilgan G.Narzullayevalar maktab o'quvchisi. Onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjati hamda nikoh guvohnomasi bo‘lmaganligi bois qizlar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarini o‘z vaqtida ololmagan. Turmush tashvishlari, e'tiborsizlik bilan bo‘lib ota-onaning farzandlariga hujjat olishi zarurliigi ham eslaridan chiqib ketgan.
Koson tuman FHDY bo'limi ko'magi bilan qizlarning onasi N.Shodiyevaning tug'ilganlik guvohnomasi olib berildi hamda er-xotinning nikohi qonuniy qayd etildi. Tuman FHDY bo'limi tomonidan qizlarning hujjatlari sayyor tartibda uylarida topshirildi.