Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan


Koson tuman adliya boʻlimi (DXM, FHDY va YXKM) xodimlari  tomonidan joriy yilning 11-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" shiori ostidagi huquqiy aksiyasini oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida  tumandagi "Yuqori Obron" mahallasida sayyor qabul tashkil qilindi.

Sayyor qabul davomida qabulda ishtirok etgan fuqarolarga My.gov.uz hamda Mobil-ID afzalliklari toʻgʻrisida tushunchalar berildi, Husanovlar oilasiga nikoh guvohnomasi topshirildi hamda bir qancha fuqarolarning muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu jumladan: Mahalla xodimlari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida ular faoliyati yoʻnalishi boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi!