Янгиликлар
14
TOG'LI HUDUDLARDA HUQUQIY AKSIYA
G'elon qishlog'i Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida, Shahrisabz tuman markazidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan bo'lib. Qishloq har tomondan baland togʻlar bilan oʻralgan.
G'elon Oʻzbekistonning eng baland tog' qishloqlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli ham qishloq aholisi o'zlarini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish uchun har doim ham tuman markaziga bora olishmaydi.
Bugun Shahrisabz tuman adliya boʻlimi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" huquqiy aksiyasini doirasida tumanidagi "G'elon" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga 30 ga yaqin davlat xizmatlari ko'rsatildi hamda My.gov.uz va Mobil-ID afzalliklari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.FHDY bo'limi tomonidan 4 ta guvohnoma o'z egalariga topshirildi, 4 ta ariza ish yurituviga olindi.