Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qashqadaryo viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


Deputatlar, mas‘ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 64-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati hamda huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘ral Ostanovlarni hisoboti tinglandi. 


Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

 Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 4 314 ta murojaatning 3 793 tasi hal etilib, shundan 2 036 tasi qanoatlantirildi, 1 757 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 756 ta murojaatning 736 tasi hal etilib, shundan 136 tasi qanoatlantirildi, 600 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.


Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha:

 Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 63 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 76 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 318 ta mahyalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 14 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.


Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 113 ta o‘rganish va 890 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 1 285 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi hamda ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 37 437 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 1 353 ta taqdimnoma, 525 ta ma’muriy va 2 ta jinoiy javobgarlikka tortish ҳaqida takliflar hamda 1 608 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 457 nafar shaxs intizomiy (shundan 13 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 503 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1 891 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, shuningdek, 211 mlrd. 295 mln. so‘mdan ortiq pul mablag'lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 10 mlrd. 013 mln. so‘mlik 819 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra 8 mlrd. 708 mln. so‘mlik 800 ta da’vo arizalari qabul qilindi.


Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bo‘yicha:

 Markazlar tomonidan jami 191 176 ta yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan.

Ushbu hujjatlardan 183 489 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 7 688 tasi qonunchilikka zid bo‘lganligi sababli rad qilingan.

Yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar manfaatini ko‘zlab qarzdor tashkilotlarga jami 487 ta talabnomalar kiritilib, talabnoma muddatini vaqtida ta’minlamagan tashkilotlarga nisbatan sudlarga 215 ta da’vo arizalari kiritilishi ta’minlandi.


Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasi bo‘yicha:

 Davlat xizmatlari markazlariga hisobot davrida jami 523 235 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 441 901 tasi fuqarolarning shaxsan o‘zi orqali, 81 334 tasi internet orqali murojaat qilgan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan murojaatlarning 515 425 tasi ҳal etilgan va 7 810 tasi rad etilgan.


Amalga oshirilgan huquqiy targ'ibot tadbirlari bo‘yicha:


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 12 428 ta, shundan 8 923 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 2 736 tasi og'zaki, 769 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 720 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan huquqiy targ'ibotlar bo‘lsa, 2 241 tasi manzilli huquqiy targ'ibotlar hisoblanadi.






Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati