Янгиликлар
10
YAKKABOG‘LIKLARGA 100 GA YAQIN DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILDI
Yakkabog‘ tuman DXM xodimlari ishtirokida tuman markazidan 32 km uzoqlikda joylashgan "Turon" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolarga sayyor Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shu kuni fuqarolarga 67 ta ERI kaliti, 35 ta sanatoriyaga yo‘llanma, 15 ta bolalar bog‘chasiga, 7 ta nafaqa to‘g‘risida ma‘lumot va 6 ta ko‘chmas mulkka arizalar qabul qilindi.
Shuningdek, Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan shiori ostidagi huquqiy aksiyasi doirasida markaz xodimlari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar hamda huquqiy tushunchalar berildi.