Янгиликлар
09
Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan
Bugun Kitob tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi Qo'shdaryo va Obod mahallalarida sayyor qabul tashkil qilindi. Sayyor qabul davomida mahalladagi Ayollar daftarida mavjud xotin-qizlarga Elektron raqamli imzo olib berildi.
Shuningdek, "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" shiori ostidagi huquqiy aksiyasini oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida markaz xodimlari tomonidan Istiqbol mahallasida yashovchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi hamda huquqiy tushunchalar berildi.