Янгиликлар
02
Qonun barcha uchun barobar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga Koson tumanida yashovchi fuqaro N. Jo‘rayev Uy joyini xususiylashtirishda amaliy yordam so'rab murojaat qiladi. Fuqaroning yozgan murajaati yuzasidan Koson tuman hokimligiga nisbatan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma kiritildi. Taqdimnomaning ijrosi o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmaganligi sababli Koson tuman hokimining birinchi o‘rinbosari H.N ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1984-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun tegishli hujjatlar to‘planib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda Jinoyat ishlar bo‘yicha Koson tuman sudiga yuborildi.
Adliya aralashgach: Sud tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari H.N huquqbuzar deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobar miqdorida ma’muriy jarima jazosi belgilandi.
Viloyat adliya boshqarmasi huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi Sh. G‘oyimov