Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Jurnalist kasb etikasi va odamlarning shaxsiy hayoti. Nimalarga amal qilish kerak?


Jurnalist sifatida har safar OAV masʼuliyatiga oid eslatmalarni berish men uchun ogʻriqli. Lekin baʼzan majbur boʻlaman.

 

Boisi ayrim hamkasblarimiz boshqa sohalar kabi OAV faoliyati ham qonunchilikka asoslanganini unutib qoʻyishmoqda yoki bu borada koʻnikmalari yetarli emas. Bizga hamma narsa mumkin deb oʻylashadi. Vaholanki har bir mavzuni olib chiqishning oʻz qonun-qoidasi va chegarasi bor. Ayniqsa bu chegara inson shaʼni va qadr-qimmati bilan bogʻliq boʻlsa, chiqarmoqchi boʻlgan materiali har qanday insonning shaxsiy hayotiga daxl qilinadigan boʻlsa, bunda yetti oʻlchab bir kesishi talab etiladi. Bu yerda shaxsiy manfaat, "xaypga oʻchlik", "prosmotrlar soni"ning oshishini oʻylab ish tutish oʻzini hurmat qiladigan jurnalistlar (inson)ga xos emas.

 

Har qanday vaziyatdayam u xolis va betaraf nazar bilan ish yuritishi, mavzuga yondashishi lozim.

 

Oʻzbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksiga (https://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-zhurnalistlarining-kasb-etikasi-kodeksi?utm_source=uznet.press&ut...) muvofiq, jurnalist odamlarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qilishi, shaxs shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.

 

Jurnalist odamlarning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlarni faqat ularning roziligi va hujjatlarning sir saqlanishiga rioya qilgan holda eʼlon qilishi mumkin.

 

Shuningdek, u noqonuniy yoʻl va nomaqbul vositalar yordamida odamlarning shaxsiy hayoti haqida axborot toʻplash, ovoz yozib olish va materiallar toʻplashi mumkin emas.

 

Jurnalist jinoiy ishni yorituvchi materialni tayyorlayotganida aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilishi kerak.