Янгиликлар
Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida qurilayotgan adliya binolari bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyatiga bo'lgan xizmat safari davomida 2023-2024- yillar o'quv yiliga mo'ljallangan Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumini yangi binosini ko'zdan kechirdilar. Xozirgi kunda ichki va tashqi fasadlari tamirlanayotgan texnikum binosi 750 o'ringa mo'ljallangan bo'lib asosiy bino va 2 ta o'quv binosidan iborat. Shuningdek vazir texnikum binosining zamonaviy va sifatli bo'lishi yuzasidan tafsiyalar berdi.

Tashrif davomida adliya vaziri Akbar Toshqulov O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Qashqadaryo viloyat bo'limi binosini ham ko'zdan kechirdilar.U yerda olib borilayotgan ishlar va ekspertizada foydalaniladigan xujjatlar bilan tanishdi.

Shu kuni vazir Qashqadaryo viloyat davlat arxiviga ham bo'ldi. Viloyat arxivida hujjatlar saqlanishi, elektronlashtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berdi.



Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati