Янгиликлар
24
Adliya hudud
Joriy yilning 20-21-iyul kunlari viloyatimizdagi barcha Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbatlari o‘tkazilib, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Shuningdek, mahallalarda yashovchi 100 nafardan ortiq aholi ishtirok etgan tadbirlarda mutaxassislar tomonidan aholining murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish mumkinligi aytib o‘tildi.
Tadbirlar davomida pensiya xaqida, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha, uy-joyni kadastrdan o‘tkazish, arxiv maʼlumotnomasini olish va oqava suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha 50 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.