Янгиликлар
22
Konstitutsiyamizning 43-moddasi
Konstitutsiyamizning 43-moddasida (https://lex.uz/docs/6445145#6445583) “Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda ragʻbatlantiradi”, deb belgilangan.
Fuqarolarni ishsizlikdan himoyalash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikni qisqartirish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Aholi bandligini taʼminlash maqsadida davlat tomonidan ish beruvchilarga subsidiyalar, grantlar, kreditlar ajratiladi.
Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi sifatida kasbga oʻqitish markazlari tashkil qilinadi.