Янгиликлар
21
Shtat qisqarishi natijasida xodimlar ishdan bo'shatilganda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimlar ishda qoldiriladi.
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo'lganda quyidagilarga afzallik beriladi: (https://lex.uz/docs/6257288#6261652)
qaramog'ida 2 yoki undan ko'p kishi bo'lgan xodimlarga;
oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodim mavjud bo'lmaganlarga;
shu ish beruvchida uzoq muddat ish stajiga ega bo'lganlarga;
malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda o'qishni tamomlagan shaxslarga;
ushbu tashkilotda mehnatda mayib bo'lgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;
nogironligi bo'lgan shaxslarga;
1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar bo'yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
mehnatdagi yutuqlari uchun rag'batlantirishlarga ega va intizomiy jazolarga ega bo'lmagan xodimlarga;
atom obyektlaridagi avariyalar oqibatida zarar ko'rgan shaxslarga.