Янгиликлар
19
ADLIYA VA YOSHLAR
Xabaringiz bor viloyat adliya boshqarmasi tomonidan e'tiborga muhtoj yoshlar bilan individual va manzilli (uyma-uy) ishlash amaliyoti yo'lga qo'yilgan.
Shunga ko'ra, joriy yilning 17-iyul kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostonov tomonidan Shahrisabz tumani "Mevazor" mahallasida yashovchi yoshlar bilan uyma-uy yurgan holda uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar va ularning ota-onalari hamda xorijga ishlashga yoki o'qishga ketgan yoshlarning telefon raqamlari olinib suhbatlashildi, murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.