Янгиликлар
14
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida joriy yilning 6 oyi davomida 730 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.
✅ Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida jami 730 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi;
✅ Ularni bartaraf etish yuzasidan 35 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va tadbirkorlik subyektlariga kiritildi;
✅ Shundan 26 nafar mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi;
✅ Qonunbuzilish holatlari yuzasidan 10 nafar shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
✅ 77 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, profilaktik tadbirlar bayonnomalari belgilangan muddatlarda “Yagona davlat nazorati” tizimiga kiritib borilmoqda.