Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Tog'ayevlar oilasining 4 nafar a'zosiga tug'ilganlik guvohnomasi berildi. 


Mahallalarda o'tkazilgan o'rganishlar jarayonida Nishon  tumani "Shirinobod" mahallasida 4 nafar bola  tug‘ilganlik guvohnomasi olmasdan yashab kelayotgani aniqlangan. 

Surishtiruv va tahlillar natijasida ma'lum bo‘lishicha, bolalarning guvohnomasiz qolib ketishida tug‘ilish jarayoni tug‘ruqxonada emas, balki xonadonlarda bo‘lgani, bundan tashqari, onasining hujjati yo'qligi sabab bo‘lgan.

Tug‘ilish guvohnomasi bo‘lmagan holda yashab kelayotganlar orasida hatto maktabga umuman  bormaganlari ham aniqlandi. Bolalarning onalari o'z hujjatini vaqtida olmaganligi sabab, farzandlari ham vaqtida olishmaganligi aniqlandi. 

Nishon tuman FHDY bo'limi tomonidan kerakli hujjatlar tayyorlanib, 1997 yilda tug'ilgan Mavluda Toga'yevaga, 1999 yilda tug'ilgan  Xursandoy Tog'ayevaga,2007 yilda tug'ilgan Turg'un va 2009 yilda tug'ilgan Azizbek Tog'ayevlarga tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.