Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Konstitutsiyani oʻrganamiz


Konstitusiyamizning 30-moddasi: (https://lex.uz/docs/6445145#6445526) “Hech kim rasmiy e'lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas”.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunga ko'ra normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Qonun ham normativ-huquqiy hujjat turlaridan biri hisoblanadi.

Shunga ko'ra, e'lon qilinmagan qonun rasmiy va majburiy kuchga ega bo'lmaydi, uning asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Mazkur normada “Bir qilmishga bir jazo” prinsipi ham mustahkamlangan.