Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

QASHQADARYONING KO'KDALA TUMANIDA ZAMONAVIY ADLIYA BINOSI ISHGA TUSHDI.


Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Ko’kdalaliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endlikda ushbu markaz orqali fuqarolar 250 dan ortiq  davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Ko’kdala tuman davlat xizmatlari markazi 180 000 dan ortiq tuman  aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitga ega.

Tuman davlat xizmatlari markazida tashrif buyuruvchilarning farzandlari uchun bolalar maydonchasi ham tashkil etilgan.
Bundan tashqari, nogironligi bо‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, markaz binosiga kirishda alohida yо‘lakchalar bilan ta’minlangan.
.
Albatta, bunday ish kо‘lami jarayonida xodimlar, xizmat oluvchilar uchun markazning avvalgi binosi torlik qilgan. Endi bunday noqulayliklar ortda qoldi.
Qariyib 6 yarim mlrdga yaqin mablag’ sarflangan bino 2 qavatdan iborat bo’lib, zamonaviylik hamda milliylikni o’z ichiga olgan.