Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Uch avlod uchrashuvi


Asrlar davomida dunyo ayollariga o'rnak bo'lib kelgan Sharq ayollarining deyarli ko'pchiligi aynan ko'hna turon olamidan chiqishgan. Biz ushbu ayollar qatoriga Xadicha Sulaymonovani ham kiritishimiz mumkin.

Bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan "Akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligi" munosabati bilan "Xadicha Sulaymonova kabi yurist bo'laman" va "Xadicha Sulaymonova kabi akademik bo'laman" mavzusi ostida uch avlod uchrashuvi tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuvda ko'p yillar davomida adliya tizimida faoliyat yuritib kelayotgan soha vakillari M.Kenjayeva, X.O'roqova, A.Kurtbitdinov hamda texnikum o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.

Ustozlar tomonidan akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivoji, huquqiy davlat barpo etishdagi harakatlari, ibratli hayot yo'li, ilmiy-madaniy merosi haqida keng fikr yuritdi.

Shuningdek, ustozlar o'zining hayot yo'li, o'z tajribasi, bilim va ko'nikmalarini o'quvchilar bilan o'rtoqlashdi.
@kaslofficial kanaliga ulaning!