Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

OLIS HUDUDLARDA SAYYOR XIZMATLAR


Farzand oila quvonchi, nasl davomchisi, ota-onaning baxti xisoblanadi. Xar bir oilada farzand dunyoga kelar ekan kattalar buni rizq -nasiba keldi deb e'tirof etishadi. Xolmat boboning xonadonida ham bugun xursandchilik hukm surmoqda. 75 yoshli Xolmat bobo yana bitta farzandli bo'ldi.

Dehqonobod tuman FHDY bo'limi 75 yoshli otaxonni quvonchiga sherik bo'lishdi. Tuman markazidan 80 km uzoqlikda joylashgan "Oqtosh" mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi 75 yoshli Xolmat bobo Saidov hamda Xosiyat Beknazarovaga nikoh guvohnomasi hamda farzandlari Madinaxon Saidovaga ham  tug’ilganlik guvohnomasi sayyor tartibda topshirildi. Masofa uzoqligi sabab tuman markaziga borishga imkoniyati bo’lmagan fuqarolarning shu kuni muammosi ijobiy hal etildi.