Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI


Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

Shu kuni Qarshi tumanida  o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davomida jami 39 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi, Shundan 12 ta  Mobil_ID ro‘yhatga olingan bo'lsa, 2 nafar fuqaroning kadastr pasporti shakllantirildi, 4 nafar bolalarni  bog'chaga navbatga qo'yish, ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 nafar nikoh masalasida murojaatlar qabul qilinib, 6 ta tug'ilganlik guvohnomasi o'z egalariga topshirildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida ishchi guruh tumanning "Kasanachilik" markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.