Янгиликлар
Ayrim hududlarga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–171-son, 31.05.2023-y.) qabul qilindi
Qaror bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tuzilmasida Situatsion markaz tashkil etildi.
2023-yil 1-iyulgacha “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga oʻtkaziladi.
2025-yil 1-yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmatsevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari boʻyicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi:
chiqindilarni yigʻish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan;
ushbu chiqindilarni olib chiqib ketish va utilizatsiya qilish sanitar tozalash korxonalari tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.
2023-yil 1-iyuldan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish boʻyicha aholiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga daʼvo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.
❕2024-yil 1-yanvardan Boʻstonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi.
Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarida qogʻozdan foydalanishni keskin kamaytirish, ayrim yoʻnalishlarda faoliyatni toʻliq raqamlashtirish orqali qogʻozdan toʻliq voz kechish boʻyicha nazorat oʻrnatishga masʼul etib belgilandi.
2024-yil 1-martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yigʻinlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.