Янгиликлар
02
DEHQONOBODLIK MUNISA 19 YOSHIDA HUJJATLI BO'LDI
Dehqonobod tumani “Xo’jamahmud” mahallasida yashovchi Avazova Munisa xozir 19 yoshda. Munisa tug’ilgan vaqtda uning onasi bevaqt olamdan o’tadi. Otasi uzoq davlatga ketganligi sabab 1 haftalik chaqaloq tog’asining qo’lida qolib ketadi.
Toga’sining aytishicha Munisaga hujjat olish uchun ko’p joylarga murojaat qilIshgan.
Hujjati yo’qligi sabab makatabga ham boraolmagan Munisa buni afsus bilan eslaydi.
Dehqonobod tuman FHDY bo’limi tomonidan o’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida fuqaroning hujjati yo’qligi aniqlandi.
FHDY bo’limi tomonidan kerakligi hujjatlar tayyorlanib, qizning tug’ilganlik guvohnomasi sayyor tartibda o’z mahallasida topshirildi.Shu kuni Munisa Avazovaga ilk fuqarolik hujjatini ham topshirildi.