Янгиликлар
BOLALARGA BERING DUNYONI
1-iyun ya’ni, yozning 1- kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Istirohat bog’lari esa bolalarning tabassumlari bilan go’yoki mo’jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi.

Ana shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida ham 1- iyun bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlangan"Bolalarga bering dunyoni" nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda boshqarmada faoliyat olib borayotgan xodimlarning farzandlari ishtirok etishdi. Ushbu tadbir o’ziga xos shukuh bilan o’tkazildi. Tadbir davomida viloyat "Qo'g'irchoq teatri" tomonidan bolajonlar uchun ajoyib spektal namoyish etildi hamda boshqarma tomonidan bolajonlarga shirinliklar, sovg'alar ulashildi.



Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati