Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

44 NAFAR MTT XODIMLARINING 100 MILLIONDAN ORTIQ PULLARI UNDIRIB BERILDI



Kasbi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi 44 nafar xodimlar tuman adliya bo'limiga murojaat qilishib, maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tashkilot xodimlariga ogohlantirish xati berilib, tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi va xodimlarga oylik ish haqi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lishdi.

 Aniqlanishicha, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga 2023-yil yanvar oyida tashkilotda tarbiyalanuvchilarning guruhi to‘liq shakllanmaganligi bois, 2022-yil tegishli sonli xat bilan 2023-yil 4-yanvardan boshlab oltinchi guruh shakllangunga qadar maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida ogohlantirilganligi hamda yanvar oyida xodimlarga oylik ish haqi to‘lanmaganligi qayd etilgan. 

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati na tuman hokimining qarori, na Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining yoki tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining buyrug‘i chiqarilmasdan, tashkilot rahbari nomiga yozilgan ogohlantirishga ko‘ra asossiz to‘xtatilgan bo‘lib, tashkilot faoliyati to‘xtatilishida xodimlarining aybi mavjud emasligi aniqlangan. 

Vaholnki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksinining -moddasiga ko‘ra, xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi belgilangan. 

ADLIYA ARALSHGACH: Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi jami 44 nafar xodimlarning manfaatlarini ko‘zlab, ularga ish haqlarini undirib berish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudiga 44 ta da’vo arizalari kiritirib, sudning hal qiluv qarori bilan xodimlarga jami 108.943.000 so‘mlik ish haqlari to‘lab berildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati











Report content on this page