Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O'ZBEKISTON BO'YLAB SAYOHAT QIL


O‘zbekistonda ichki sayyohlikni rivojlantirish borasida juda katta imkoniyatlar mavjud.

Mazkur imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni o‘ziga maqsad qilgan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi, adliya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar jamoasi yurtimizning tarixiy va ko‘xna  Samarqand shahriga  sayohat qildi.

Xususan sayohatdan ko‘zlangan maqsad, jonajon vatanimizning turizm salohiyatidan keng foydalangan holda, ishchanlik qobiliyatini oshirish, xalqimizning boy madaniy tarixi haqida hikoya qiluvchi qadimiy obidalar, ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishtirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga bevosita hissa qo‘shishdan iborat.

Sayohat davomida  xodimlar Shohi Zinda majmuasi, Hazrati Xizr ziyoratgohi, Registon ansambli, Xo'ja Doniyor Ziyoratgohi hamda bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik noyo tarixiy obidalar bilan batafsil tanishildi.