Янгиликлар
29
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining reytingini aniqlash bo‘yicha nazorat ishlari (test) bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomning 12-bandida reytingni aniqlash jarayonida tanlash asosida belgilangan soha mutaxassisliklari bo‘yicha yuridik texnikum o‘quvchilari uchun mutaxassislik fanlaridan test sinovlari shaklida nazorat ishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, yuridik texnikumlarning 2-kurs o‘quvchilari uchun joriy yilning 26-iyun kuni nazorat ishlari (test) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Nazorat ishlari o‘tkaziladigan soha mutaxassisliklari:
Davlat-huquqiy faoliyat;
Yuridik xizmat;
Sud-huquqiy faoliyat.
Nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati:
Davlat va huquq nazariyasi;
Konstitutsiyaviy huquq.