Янгиликлар
25
Adliyadan qulaylik
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirok etishlari uchun bugungi kunda mamlakatimizda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlar bo‘yicha qo'llanma" yaratildi.
Ushbu qo‘llanmaning ishlab chiqilishidan asosiy maqsad nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning fuqarolik, mulkiy, mehnat qonunchiligiga oid tushunchalarga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Shahrisabz tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan imkoniyati cheklangan aholi xonadonlariga borgan holda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlar bo‘yicha qo'llanma tarqatildi. Shuningdek, "Maktabobod" mahallasida yashovchi Xolchuchuk Karimovaga 1 dona nogironlar aravachasi sovg'a qilindi.