Янгиликлар
19
Rahbar va Yoshlar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan Shahrisabz tuman "Mevazor" mahallasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushrashuvda rahbar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, Prezidentimiz boshchiligida yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning oilaviy holati, yashash tarzi va qiziqishlari haqida savol-javob qilinib, murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, 2 nafar yoshlarning murojaatlari joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2 nafar yoshlarning murojaati ish yurituvga olindi hamda yana 2 nafar yoshlarga huquqiy maslahatlar berildi.
Uchrashuv o‘zaro muloqot tarzida o‘tkazilib, unda yoshlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirayotgan taklif va savollar bilan murojaat qildilar.